"Keyingi mavsumda chempionlik uchun kurashamiz"
Ten Xag "Manchester Yunayted"ning oldiga qo‘ygan maqsadi haqida gapirdi.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag yakunlangan 2022/2023 yilgi mavsum haqida gapirdi.
"Mavsumdan qoniqish hosil qildikmi? Yo‘q, biz yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Bizda poydevor bor va baza bor. Bu mavsumda bizda yana bitta o‘yin bor (Angliya Kubogi finali) va bu keyingi katta qadam tashlash uchun ajoyib imkoniyat. 2023/2024 yilgi mavsumda yana-da yaxshiroq o‘ynashimiz uchun o‘zimizga talablarni oshirishimiz kerak. Bilasizmi, oliy ligada raqobat juda og‘ir. Biz yuqoriga ko‘tarilishni va keyingi mavsumda kuchli ikkilik uchun kurashmoqchimiz. Shuning uchun biz o‘zimizdan ko‘proq narsani talab qilishimiz va o‘z darajamizni oshirishimiz kerak", – dedi Ten Xag.







