Potter "Kristal Pelas"ni boshqarishi mumkin
U 75 yoshli Roy Xojsonning o‘rnini egallaydi.

“Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Grem Potter mavsum oxirida "Kristal Pelas"ni boshqarishi mumkin. Londonliklar 48 yoshli angliyalik murabbiyni shartnomasi 30 iyunga qadar mo‘ljallangan 75 yoshli Roy Xojson o‘rniga olib kelishga umid qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Potter aprel oyi boshida “Chelsi”dan isteʼfoga chiqarilgan edi, u avvalroq “Brayton”ni boshqargan .
Maʼlumot uchun «Kristal Pelas» o‘tgan mavsumda Premyer-ligada 11-o‘rinni egalladi.







