Eng dolzarb

Tuyamo‘yin suv omborida suv sathi keskin kamayib ketdi

Bu haqda mutaxassis Erkin Abdulahatov maʼlum qildi.

Tuyamo‘yin suv omborida suv sathi keskin kamayib ketdi

 

Mutaxassis Erkin Abdulahatovning yozishicha, Amudaryoning quyi oqimida bahordagi issiq va kam yog‘in davr joylarda suv tanqisligini, Tuyamo‘yinda sovuq mavsumda to‘plangan suvning oxirgi hajmlari ishlatilishiga sabab bo‘ldi.

 

«MeteoJurnal»ning yozishicha, mayning boshida suv omborida suv hajmi 2,5 km kub gacha kamaygan.

 

Mayning ikkinchi o‘n kunligida suv omboriga kirish oqimi prognozdagidan 1.23 km kubgacha kam bo‘lib chiqdi (yuqori ehtimol buni mayning birinchi o‘n kunligida Amudaryo suvining Qo‘shtepa kanaliga ochib yuborilishi bilan izohlash mumkin). Suv omboridan 0.15 km kubgacha suv oqib chiqdi. Natijada, suv omborida suv hajmi 2,3 km kubga kamayib ketdi. Bu suv ombori uchun juda ham minimal holatdir.

 

Amudaryoning quyi oqimida juda kuchli suv tanqisligi mavjud.

 

Amudaryo quyi qismida mart-aprelda ekinlarning suvga bo‘lgan talabi issiq va quruq havo omili tufayli mavsumga xos bo‘lmagan tarzda 50 foizga ortib ketgan.

 

Amudaryoning quyi oqimida aprel-may oylarida suv tanqisligi ketma-ket to‘rtinchi yil davom etmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Tuyamo‘yin suv omborida suv sathi keskin kamayib ketdi | Zamon.uz