Spaletti A Seriyada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
Uning jamoasi mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

“Napoli” bosh murabbiyi Lutsiano Spaletti A Seriyada 2022/23 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Lutsiano Spalettining “Napoli”dagi mavsumi shunchaki ajoyib bo‘ldi. Neapolliklar Maradonadan keyingi ikkinchi g‘alabadan 33 yil o‘tib, tarixiy uchinchi Skudettoni qo‘lga kiritgani mutaxassisning katta mehnati natijasidir. Sovrin murabbiyga 4 iyun kuni Italiya chempionatining 38-turidan o‘rin olgan “Napoli” “Sampdoriya” bahsi oldidan topshiriladi.
Joriy mavsumda “Napoli” 1990 yildan beri ilk bor Italiya chempioniga aylandi. Skudetto jamoaning tarixidagi uchinchisi bo‘ldi.







