Messi “PSJ”ni rasman tark etdi
Uning qaysi jamoaga o‘tishi hozircha nomaʼlum.

PSJ futbolchisi Messi klubni tark etishi maʼlum bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sahifasida eʼlon qildi, deya xabar bermoqda “Sports.uz” nashri.
Parijliklar argentinalik hujumchiga minnatdorchilik bildirib, uning kelajakdagi faoliyatiga omad tiladi.
“Bu ikki yil davomida klubga, Parij shahriga va uning aholisiga rahmat aytmoqchiman. Men ularga eng yaxshi tilaklarimni bildirib qolaman”, — degan Lionel.
Messining qaysi jamoaga o‘tishi nomaʼlum bo‘lib turibdi. Uning oldida 3 ta yo‘l bor. Saudiya Arabistonida o‘ynash, “Barsa”ga qaytish va MLSga yo‘l olish. Mish-mishlarga qaraganda 35 yoshli futbolchi kelasi haftada o‘z yakuniy qarorini eʼlon qiladi.








