Serxio Ramos "PSJ" bilan xayrlashdi
U qaysi klubga o‘tishi nomaʼlum.

“PSJ” himoyachisi Serxio Ramos, uning uchun "Klermon" bilan o‘yin parijliklar klubi libosidagi oxirgisi bo‘lib, jamoa bilan xayrlashdi.
"Ertaga hayotimdagi bir bosqich bilan xayrlashadigan alohida kun. Xayr "PSJ". Qanchadan-qancha joylarda o‘zingizni uyingizdagidek his qilishingiz mumkinligini bilmayman, lekin shubhasiz, “PSJ”, muxlislar va Parij menga xuddi shunday his-tuyg‘ularni berdi. Ikki yil davomida har bir turnirda o‘ynab, bor kuchimni sarflaganimdan minnatdorman!" — dedi Ramos.
Eslatib o‘tamiz, Ramos “PSJ”da 2021 yildan beri o‘ynab kelmoqda va jamoaga erkin agent sifatida qo‘shilgandi. U avval 16 yil davomida “Real”da to‘p surgan.







