"Men keyingi mavsumda "PSJ"dan hech narsa kutmayman"
Kilian Mbappe keyingi maqsadlari haqida gapirdi.

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe parijliklar jamoasining keyingi mavsumdagi maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Kelasi mavsumda “PSJ”dan nima kutyapsiz? Hech narsa. Men bu yerga faqat futbol o‘ynash uchun kelganman. Menda shartnoma bor. Klub qo‘lidan kelganini qilmoqda va bu menga maʼqul. Qolganlari mening ishim emas", - dedi Mbappe.
Eslatib o‘tamiz, mavsumni 29 ta gol bilan yakunlagan “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe qatorasiga beshinchi marta liga to‘p urariga aylandi.







