Saudiya Arabistoni delegatsiyasi Parijga yetib keldi
Ular yaqin kunlarda Messini sotib olmoqchi.

Saudiya Arabistoni delegatsiyasi argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan shartnoma imzolashni yakunlash uchun Parijga yetib keldi. Bu haqda Matteo Moretto maʼlum qildi. Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni delegatsiyasi allaqachon Parijda va ularning niyati jiddiy. Delegatsiya yaqin 48 soat ichida bu masalani Messi bilan shartnoma imzolash bilan yakunlashga umid qilmoqda.
Avvalroq, "Inter Mayami" argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqqani xabar qilingandi. Yaqinda Messi “PSJ”ni tark etgani maʼlum bo‘lgandi. Yakunlangan mavsumda u barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda qatnashib, 21 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







