Allegrining “Yuventus”dagi kelajagi maʼlum bo‘ldi
U jamoada 2025 yilgacha qoladi.

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri kelasi mavsumda jamoa bilan ishlashda davom etadi.
Jurnalist Janluka Di Marsioning xabar berishicha, Turin klubi rahbariyati 55 yoshli italiyalik mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qilgan. Tanlov texnik va iqtisodiy sabablarga ko‘ra qilingan. Allegri bilan shartnomaning bekor qilinishi “Yuventus”dan katta miqdorda pul tovonini nazarda tutadi. U 2025 yilgacha amal qiladi.
Eslastib o‘tamiz, turinliklar 62 ochko bilan yettinchi o‘rinni egalladi. Byankonerilar keyingi mavsum Konferensiya ligasida o‘ynaydi.







