Sport

“Nyukasl” klubining egalari Saudiyaning to‘rtta top klubini sotib oldi

Mamlakatda chempionatida klublarni xususiylashtirish ishlari boshlanmoqda.

“Nyukasl” klubining egalari Saudiyaning to‘rtta top klubini sotib oldi

 

Angliyaning “Nyukasl” klubiga egalik qiluvchi Davlat investitsiya fondi (PIF) o‘zining rasmiy sahifasida Saudiya Arabistoni chempionatining to‘rtta top-klubini xarid qilgani haqida eʼlon qildi. “Al-Ittihod”, “Al-Ahli”, “Al-Nasr” va “Al-Hilol” jamg‘arma tasarrufiga o‘tdi. Klublarning har biri kompaniyaga aylantirildi. Ularning har birida PIF ulushi 75% ni tashkil qiladi.

 

«To‘rtta klubning transferi turli tijoriy imkoniyatlarni ochib beradi, jumladan, ko‘plab sport turlari bo‘yicha sarmoya, hamkorlik va homiylikni o‘z ichiga oladi», - dedi PIF matbuot xizmati. «Al-Ittihod»  o‘tgan mavsumda Saudiya Arabistoni chempioni bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni «Al-Nasr»  va «Al-Hilol»  egalladi.

 

“Nyukasl” klubining egalari Saudiyaning to‘rtta top klubini sotib oldi | Zamon.uz