Sport

Saudiya Arabistoni sport klublarini xususiylashtirish loyihasini ishga tushirdi

Loyiha tufayli mamlakatda futbol va uning raqobatini rivojlantirish kutilmoqda.

Saudiya Arabistoni sport klublarini xususiylashtirish loyihasini ishga tushirdi

 

Saudiya Arabistoni “SPA” axborot agentligi xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni futbol klublarini xususiylashtirish loyihasini boshladi. Mamlakatda sportni rivojlantirishga qaratilgan "Vision 2030" loyihasi doirasida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon sport klublarini sarmoyalash va xususiylashtirish loyihasini ishga tushirdi. Loyiha hozirgi bosqichda ikki yo‘nalishdan iborat. Birinchisi, yirik kompaniyalarga ushbu jamoalarning egalik huquqini ularga o‘tkazish evaziga sport klublariga sarmoya kiritish imkonini beradi. Ikkinchisi 2023-yil oxiridan boshlab bir qator sport klublarini xususiylashtirishni nazarda tutadi. Loyihaning maqsadi sport sohasiga investitsiya imkoniyatlarini rivojlantirish, shuningdek, klublarning raqobatbardoshligini va infratuzilmasining sifatini oshirishdan iborat. Qolaversa, loyiha tufayli mamlakatda futbol va uning raqobatini rivojlantirish kutilmoqda, bu esa "Saudiya Arabistoni ligasini dunyoning top 10 ligasi qatoriga kiritish" imkonini beradi. Saudiya Arabistoni chempionatining daromadi yiliga 112 million yevrodan 450 million yevrodan oshishi, shuningdek, liga qiymatining 2,5 barobar oshishi kutilmoqda.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Saudiya Arabistoni sport klublarini xususiylashtirish loyihasini ishga tushirdi | Zamon.uz