Sport

"Istanbulga maqsadimizni amalga oshirish uchun boramiz"

Gvardiolaning niyati jiddiy.

"Istanbulga maqsadimizni amalga oshirish uchun boramiz"

 

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Inter"ga qarshi bo‘ladigan Chempionlar ligasi finali haqida fikr bildirdi.

 

“Siti”dagi faoliyatim davomida katta o‘yinlar oldidan hayajonlanish biz uchun yaxshi emasligini angladim. Maqsadimizni amalga oshirish uchun Istanbulga boramiz, yaxshi o‘yin ko‘rsatib, finalda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Ikki yil oldin bizda buni amalga oshirish imkoniyati bor edi, o‘tgan yili finalga juda yaqin qolgandik. Endi biz yana shu yerdamiz va bor kuchimizni beramiz. Biz hafta o‘rtalarida Premer-liganing barcha o‘yinlariga qanday yondashsak, finalga ham shunday yondashamiz», - deya Gvardiola.

 

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi finali 10 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.

 

"Istanbulga maqsadimizni amalga oshirish uchun boramiz" | Zamon.uz