Kante ham Saudiya klubiga o‘tdi
U Karim Benzema bilan bir jamoada o‘ynaydi.

Jurnalist Rudi Galetti o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yarim himoyachi Ngolo Kantening "Al-Ittixod" formasidagi suratini joylashtirdi.
U 1 iyul kuni “Chelsi” bilan shartnomasi yakuniga yetib, erkin agentga aylanishi kutilayotgan futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzolab ulgurgani haqida xabar berdi. Kelishuv tafsilotlari hozircha maʼlum emas.
Eslatib o‘tamiz, kuni-kecha "Al Ittixod" boshqa bir fransiyalik yulduz Karim Benzema bilan shartnoma imzolagandi.







