Eng dolzarb

Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari tutuni Nyu-York va Vashingtongacha yetib keldi

Nyu-York rasmiylari aholini ko‘chada niqob kiyishga chaqirdi. Chorshanba kuni ertalab shahar havosi juda xavfli deb topilgan.

Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari tutuni Nyu-York va Vashingtongacha yetib keldi

 

The Washington Post nashrining yozishicha, Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari tufayli bu ko‘p yillar davomida birinchi marta sodir bo‘ldi. Chorshanba kuni ertalab shahar havosi juda xavfli deb topilgan.

 

Bosh vazir Jastin Tryudo aytishicha, hozir Kanadada 414 ta o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda, ulardan 239 tasi nazoratdan tashqarida. 20 mingdan ortiq odam uylaridan evakuatsiya qilingan.

 

Faqat Kvebekda mahalliy o‘t o‘chiruvchilar bir vaqtning o‘zida 40 dan ortiq bo‘lmagan yong‘inlarni o‘chirish imkoniyatiga ega bo‘lishiga qaramay, 150 dan ortiq faol yong‘inlar mavjud.

 

Ushbu yong‘inlar tufayli Amerika shaharlarida — Nyu-York, Vashington va boshqalarda ham tutun kuzatilmoqda. AQSH shimoliy qo‘shnisiga favqulodda yordam yubormoqda.

 

Kvebekdan tashqari Britaniya Kolumbiyasi, Alberta, Ontario, Yangi Shotlandiya va Shimoli-G‘arbiy hududlarda 3,3 million gektar o‘rmonlar yonmoqda.

 

Kanadada o‘rmon yong‘inlari yilning shu davriga xosdir. Biroq bu yil kuzatilayotgan yong‘inlar ko‘lami juda katta bo‘lib, qisman quruq ob-havo va haroratning isishi bilan bog‘liq. Agar yong‘inlar shu tezlikda tarqalishda davom etsa, rasmiylar 2023 yil Kanadada yonib ketgan hudud hajmi bo‘yicha eng yomon yil bo‘lishini taxmin qilmoqda.

 

Yaqin atrofdagi yong‘inlar tufayli minglab kanadaliklar evakuatsiya qilindi, Shimoliy Amerika bo‘ylab o‘n millionlab odamlar potensial tutun xavfi haqida ogohlantirildi.

 

Kanada va AQSHning ko‘plab shaharlarida, jumladan Toronto, Ottava, Nyu-York va Vashingtonda osmon to‘q sariq rangga kirdi. Ottava hukumati yong‘inlar natijasida havoning ifloslanishini odamlar, ayniqsa, nafas yo‘llari kasalliklari bilan og‘riganlar salomatligi uchun o‘ta xavfli deb atadi.

 

Nyu-York va Vashingtonda davlat maktablari faoliyati to‘xtatildi, Nyu-York meri Erik Adams esa vaziyat yomonlashishi mumkinligidan ogohlantirdi va aholini uylarini tark etmaslikka chaqirdi.

 

Erik Adamsning aytishicha, Nyu-yorkliklar hech qachon bunday narsalarni boshdan kechirmagan. U vaziyatni misli ko‘rilmagan deb atadi.

 

Oq uy Kanadaga o‘rmon yong‘inlari bilan kurashish uchun yordam yuborayotganini aytdi. AQSHning maxsus aviatsiya bilan jihozlangan 600 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilari kanadalik hamkasblariga joyida yordam berishmoqda, dedi matbuot kotibi Karin Jan-Pyer.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari tutuni Nyu-York va Vashingtongacha yetib keldi | Zamon.uz