O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Lombardiya gubernatori bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston bilan Lombardiya viloyati o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlik dasturi tayyorlanadi.

Shavkat Mirziyoyev Lombardiya gubernatori bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

Italiyaga rasmiy tashrifining ikkinchi kunida Shavkat Mirziyoyev Lombardiya gubernatori Attilio Fontana bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Uchrashuv avvalida davlat rahbari Attilio Fontanani gubernator etib qayta saylangani bilan tabrikladi va ushbu lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, Italiya prezidenti Serjo Mattarella va Bosh vazir Jorja Meloni bilan o‘tgan muzokaralar samarali bo‘lgani mamnuniyat bilan qayd etilib, ular davomida hududlararo aloqalarni rivojlantirish qo‘llab-quvvatlangani taʼkidlandi.

 

Uchrashuvda, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

 

«O‘tgan yilda O‘zbekiston hududlarining Lombardiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 83 foizga oshdi. Aprel oyida Milan va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnovlar qayta tiklandi. Hududning Pietro Fiorentini, Terranova, Danieli, Fin. Opera kabi yetakchi kompaniyalari bilan mustahkam sheriklik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan», — deyiladi xabarda.

 

Shavkat Mirziyoyev shuningdek, qo‘shma savdo va investitsiya loyihalari portfelini kengaytirish, Italiyaning ilg‘or texnologiya va bilimlarini O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlariga yana-da keng jalb qilish muhimligini taʼkidladi. Bundan tashqari, Lombardiya bilan keng ko‘lamli hamkorlik dasturini tez fursatda tayyorlash, Samarqandda qo‘shma investitsiya forumini o‘tkazish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslarini ilgari surish uchun qulay sharoitlar yaratish, tibbiyotda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, shu jumladan madaniyat kunlarini o‘tkazish masalalariga alohida etʼtibor qaratildi.

 

Gubernator Lombardiya ishbilarmon doiralarining O‘zbekistondagi loyiha va tashabbuslari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun O‘zbekiston Prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdi hamda O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli sheriklikka ko‘maklashishga tayyorligini taʼkidladi.

 

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev rahbari Attilio Fontanaga 2026-yilda Lombardiyada bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishda muvaffaqiyatlar tiladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"