0

Tramp 400 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

AQSH sobiq prezidentiga 37 ta band bo‘yicha ayblov eʼlon qilindi.

Tramp 400 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

 

Avvalroq Reuters agentligi AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga 37 ta band bo‘yicha, jumladan milliy xavfsizlikka oid maxfiy materiallarni noqonuniy saqlash aybi eʼlon qilingani haqida yozdi.

 

Xabarga ko‘ra, hakamlar hayʼati tomonidan tasdiqlangan ayblovlar ro‘yxatiga «milliy mudofaa bilan bog‘liq maʼlumotlarni qasddan egallash», «odil sudlovga to‘sqinlik qilish maqsadida til biriktirish», «hujjatlarni yoki yozuvlarni yashirish», «yolg‘on bayonotlar va ko‘rsatmalar berish» kabi band kiritilgan. Har bir band bo‘yicha jazo 20 yilgacha qamoqni nazarda tutadi. 

 

Keyinroq esa OAV Mayami sudi tomonidan eʼlon qilingan ayblov xulosasi matniga tayangan holda Tramp maxfiy hujjatlarni saqlagani uchun 400 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligi haqida yozdi.

 

31 ta band bo‘yicha har biri uchun Tramp 10 yilgacha qamoq jazosi va 250 ming dollargacha jarimaga tortilishi mumkin. Yana 4 ta band bo‘yicha har biri uchun — 20 yilgacha qamoq va 250 ming dollargacha jarima. Yana 2 ta band bo‘yicha har biri uchun — 5 yilgacha qamoq jazosi va 250 ming dollargacha jarima.

 

Yakuniy jazo barcha shartlarni qo‘shib belgilanishi mumkin. Shu bilan birga, Trampga qo‘yilgan ayblovlarning birortasida ham eng kam qamoq muddati yoki minimal jarima nazarda tutilmagan.

 

Shuningdek, sud ayblovida aytilishicha, Tramp saqlagan maxfiy hujjatlarda AQSH yadroviy dasturlari haqidagi maʼlumotlar ham mavjud.

 

Siyosatchi hamon o‘zining aybsizligini taʼkidlamoqda. Shuningdek, u amaldagi davlat rahbari Jo Baydenning uyi va idorasidan «1850 ta quti» maxfiy materiallar topilganini, ularni prezident bo‘lishidan oldin qo‘lga kiritganini daʼvo qilmoqda. 

 

Tramp 13 iyun kuni, 77 yoshga to‘lishi arafasida ko‘rsatma berish uchun Mayami sudiga taklif qilingan. 

 

AQSH sobiq prezidentiga ayblov eʼlon qilinishi Amerika tarixida misli ko‘rilmagan voqea hisoblanadi. Taxminan bir yil oldin tergovchilar Trampning Mar-a-Lago qarorgohidan 13 mingga yaqin hukumat hujjatlarini topishgan, ulardan 100 tasi maxfiy ekani aniqlangan edi. 

 

Tramp o‘ziga ayblov eʼlon qilinishini bilganidan so‘ng, o‘zining Truth ijtimoiy platformasida «Men aybsiz ODAMman!» deb yozdi. 

 

Bu Trampga nisbatan ochilgan ikkinchi jinoyat ishi hisoblanadi. Birinchisi doirasida u 2024 yil mart oyida Nyu-Yorkda porno yulduzga sukut saqlashi uchun puli to‘lagani bilan bog‘liq ish bo‘yicha sud mahkamasiga tortiladi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Tramp 400 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin