O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi
Turkmanistonga qarshi bahsda terma jamoani yordamchi murabbiy boshqaradi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sog‘lig‘i bilan yuzaga kelgan muammolar sababli “CAFA Nations Cup 2023” turnirining Turkmanistonga qarshi uchrashuvida qatnasha olmaydi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 14-iyun kuni O‘zbekiston - Turkmaniston jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda milliy terma jamoani yordamchi murabbiy Alesh Cheh boshqarib boradi.
Maʼlumot uchun, uchrashuv bugun, 14-iyun kuni soat 20:30 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.







