Mbappe: "Oltin to‘p"ga loyiqman"
Hujumchi sovrin uchun belgilangan mezonlar haqida gapirdi.

Parij klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2023-yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida gapirib, bu sovrin uchun belgilangan mezonlarga javob berishini taʼkidladi.
"Individual mukofot haqida gapirish qiyin, chunki bu holda siz o‘zingizni maqtashingiz kerak, bu keng jamoatchilikka unchalik yoqmaydi. Yangi mezonlarga mos kelaman deb o‘ylayman. Ko‘raylikchi. Tanlovni boshqalar qiladi, lekin men hali ham optimistman", - dedi Mbappe.
Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p"ga nomzodlar 6 sentabr kuni eʼlon qilinadi. Taqdirlash marosimi 30 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mukofotning amaldagi sohibi - “Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema hisoblanadi.







