Levandovski 300 million yevrolik taklifni rad etdi
U Yevropada qolmoqchi.

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Saudiya Arabistoni klubidan tushgan juda saxovatli taklifni rad etdi.
Jurnalist Nikolo Shiraning xabar berishicha, hujumchiga yiliga 100 million yevro maoshli 3 yillik shartnoma taklif qilingan, biroq futbolchi “Barselona”da qolib, faoliyatini Yevropada davom ettirishga qaror qilgan.
La Liganing 2022/2023 yilgi mavsumida Levandovski 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalni oshirdi. Bungacha polshalik hujumchi “Bavariya”da 8 yil o‘ynagan. Robert yana to‘rt mavsum davomida Germaniya Bundesligasida Dortmundning “Borussiya” klubida to‘p surgan.







