“Liverpul” Tchuameni uchun 63 million yevro taklif qilmoqda
“Real” esa 93 million yevro so‘rayapti.

“Liverpul” “Real” yarim himoyachisi Aureliyen Tchouameniga qiziqmoqda. Mersisaydliklar 23 yoshli fransuz uchun 63 million yevro (55 million funt) taklif qilmoqda, Madridliklar esa 93 million yevrodan (80 million funt) pastroq takliflarni ko‘rib chiqishni istamayapti. Bu haqda "El Nacional" nashri xabar berdi.
Aureliyen Chuameni “Real”ga 2022-yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Aureliyen jamoa uchun 50 ta o‘yinda 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2028-yilda yakuniga yetadi.







