“Pereval”da do‘l yog‘dimi yoki qor?
Ko‘pchilik tarmoqlarda bu hodisaga qor deb taʼrif bermoqda. Biroq...

Ko‘pchilik tarmoqlarda bu hodisaga qor deb taʼrif bermoqda.
Biroq “Qamchiqavtoyo‘l” holatni quyidagicha taʼrifladi:
“Ikki tonnel oralig‘ida do‘l yog‘di. Qor yog‘ish holati kuzatilmadi”.
Iqlimshunos Erkin Abdulahatov esa dovonda havo harorati +10 daraja iliq bo‘lgani, bunday havo haroratida qor yog‘masligiga eʼtibor qaratgan.
YHXBB ayni vaqtda "Qamchiq" dovonidagi ikki tunnel oralig‘ida yog‘ingarchilik to‘xtagani, yo‘llar holati yaxshiligi va transport vositalarining harakati davom etayotganini maʼlum qildi.







