Salomatlik

Bugundan boshlab 14 kunlik magnit bo‘ronlari kuzatiladi

SSV uning salbiy taʼsiridan qanday himoyalanish haqida maʼlumot berdi.

Bugundan boshlab 14 kunlik magnit bo‘ronlari kuzatiladi

 

Mutaxassislar maʼlumotiga ko‘ra, bugundan boshlab Yer sayyorasida o‘n to‘rt kunlik magnit bo‘ronlari kuzatilishi mumkin. Bundan esa ob-havoga sezgir insonlar ehtiyot bo‘lishlari lozim.

 

Xo‘sh, magnit bo‘roni o‘zi nima? Uning salbiy taʼsiridan qanday himoyalanish lozim?

 

Ushbu savollarga oliy toifali shifokor Raʼno Nosirova javob berdi. 

 

Yerning magnit maydoni taʼsiri odatda insonlarga sezilmaydi, — deydi mutaxassis. — Biroq baʼzan ushbu maydonda ayrim odamlar his etishi mumkin bo‘lgan tebranishlar kuzatiladi. Buning asosiy sababchisi quyoshdir.

Yaʼni odatda uning faolligi kuzatilganda sayyoramizni magnit bo‘ronlari qoplaydi. Bu esa surunkali xastaliklarga chalingan insonlar salomatligiga salbiy taʼsir etishi mumkin. Ayniqsa, yurak-qon tomir, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘riyotgan bemorlar bu o‘zgarishlarni ko‘proq his etadi.

Xususan, arterial gipertoniya xastaligi bor odamlarda qon bosimi ko‘tarilib, aksincha gipotenziv bemorlarning qon bosimi pasayadi. Qandli diabet bilan og‘riyotgan kishilarning qonida qand miqdori ortadi.

Qolaversa, tananing stresslarga chidamliligi pasayadi. Oqibatda asab tizimi bilan bog‘liq muammosi bor insonlarda gormonlar ishlab chiqarilishi kuchayib, asabiylik, holsizlik, reaksiya susayishi yoki kuchayishi belgilari yuzaga keladi.

Shuningdek, magnit bo‘ronlari payti baʼzi odamlarda yorug‘lik va baland tovushlarga og‘riqli reaksiya, uyqusizlik yoki aksincha uyquchanlik paydo bo‘ladi. Shu sababli magnit bo‘ronining salbiy taʼsirlaridan insonlar o‘zlarini himoyalashi lozim.

Buning uchun, avvalo, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish zarur. Yaʼni hazmi og‘ir taomlardan tiyilish, yengil yeguliklar, xususan, qaynatilgan ovqatlar, xo‘l meva va sabzavotlar isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Kunlik taomnomada tuz miqdorini kamaytirish kerak. Chunki u qon bosimini oshiradi. Shu bilan birga, jismoniy mehnatni cheklash, aqliy zo‘riqishlardan tiyilish maqsadga muvofiq.

Qolaversa, shu kunlari spirtli va energetik ichimliklardan mutlaqo voz kechgan maʼqul. Tez-tez iliq dush qabul qilish ham magnit bo‘ronining salbiy taʼsirini yengishga yordam beradi.

Surunkali kasalliklarga chalinganlar o‘zlari bilan kerakli dori-darmonlarni olib yurishlari, har bir preparatni shifokor nazoratida qabul qilishlari va qon bosimini tez-tez nazorat qilib turishlari lozim.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Bugundan boshlab 14 kunlik magnit bo‘ronlari kuzatiladi | Zamon.uz