O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar ilk bor jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
7-9 iyul kunlari Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ruminiyada bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bellashuvlar yakunida Anastasiya Saranseva halqa, Mishel Nesterova tasmadagi mashqlarda shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Qayd etish joiz, bu badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatlari tarixida o‘zbekistonlik sportchilarning birinchi bor sovrindorlar qatoridan joy olishi bo‘ldi.







