Ta'lim

Xalqaro biologiya olimpiadasi g'oliblari qanchadan pul mukofoti bilan taqdirlanadi?

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ma'lumotlarni ochiqladi.

Xalqaro biologiya olimpiadasi g'oliblari qanchadan pul mukofoti bilan taqdirlanadi?

 

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 3-11-iyul kunlari Birlashgan Arab Amirligining Al-Ayn shahrida 80 mamlakatdan jami 310 nafar o‘quvchi ishtirok etgan 34-Xalqaro biologiya olimpiadasida o‘zbekistonlik 3 nafar o‘quvchi bronza medalini qo‘lga kiritdi. 2022-yilgi 33-Xalqaro Biologiya olimpiadasida terma jamoamiz 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

 

G‘olib o‘quvchilari Behruz Tursunov, G‘olibjon Sharifov, Muhammadibrohim Egamberdiyevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 3-o‘rin (bronza medal) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari beriladi.

 

Shuningdek Qarorga muvofiq oltin medalni qo'lga kiritgan o'quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so'm), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so'm); 

 

kumush medal uchun — o'quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so'm), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so'm) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

 

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.

 

G‘olib o‘quvchilar bugun Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda tantanali ravishda kutib olinadi.

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Xalqaro biologiya olimpiadasi g'oliblari qanchadan pul mukofoti bilan taqdirlanadi? | Zamon.uz