Aleksis Sanches “Manchester Yunayted”ning Gleyzerlar qo‘l ostidagi eng yomon transferi
Di Mariya ikkinchi, Lukaku esa uchinchi o‘rinda.

“Goal” nashri Gleyzerlar qo‘l ostida «Manchester Yunayted»ning transferdagi muvaffaqiyatsizliklarini baholadi.
Gleyzerlar oilasi 2005-yildan beri «Manchester Yunayted»ga egalik qiladi. Ular klubga kelganidan beri transferlar uchun taxminan 2 milliard funt sarflangan. Xarajatlar bo‘yicha rekord 2022 yilning yozida bo‘lgan.
Nashrga ko‘ra, “Manchester Yunayted”ning Gleyzerlar qo‘l ostidagi eng katta transfer muvaffaqiyatsizligi 2018 yilda “Arsenal”dan Aleksis Sanchesning transferi hisoblanadi. 2-o‘rinni 2014-yilda “Real”dan Anxel Di Mariya, 3-o‘rinni 2017-yilda “Everton”dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan Romelu Lukaku egalladi.
“Goal” nashri talqiniga ko‘ra, Gleyzers qo‘l ostida «Manchester Yunayted»ning eng muvaffaqiyatsiz transferlari:
-
Aleksis Sanches ( 2018-yilda Genrix Mxitaryan evaziga “Arsenal” dan shartnoma imzolagan);
-
Anxel Di Mariya ( 2014-yilda “Real”dan 60 million funt sterlingga);
-
Romelu Lukaku (2017-yilda “Everton”dan 75 million funt sterlingga);
-
Pol Pogba (“Yuventus”dan 2016-yilda 89 million funt sterlingga);
-
Jeydon Sancho (2021-yilda Dortmundning “Borussiya”sidan 73 million funt sterlingga);
-
Garri Maguayr (2019-yilda 80 million funt evaziga “Lester”dan);
-
Memfis Depay (2015-yilda “PSV”dan 31 million funt sterlingga);
-
Radamel Falkao (“Monako”dan 16 million funt sterlingga ijaraga - maoshni hisobga olgan holda - 2014/15-yillarda);
-
Uilfrid Zaxa (2013-yilda 15 million funt sterlingga “Kristal Pelas”dan);
-
Donni van de Bek (2020-yilda “Ayaks”dan 35 million funt sterlingga);
-
Bebe (2010-yilda 7 million funtga “Vitoriya Gimaras”dan);
-
Morgan Shnayderlin (2015-yilda “Sautgempton”dan 30 million funtga);
-
Viktor Valdes (2015-yilda “Barselona” bilan shartnomasini yakunlaganidan keyin);
-
Gabriyel Obertan (2009-yilda 3 million funtga “Bordo”dan);
-
Ouyen Xargrivz (2007-yilda “Bavariya”dan 17 million funt sterlingga);
-
Genrix Mxitaryan (2016-yilda Dortmundning “Borussiya”sidan 26 million funt sterlingga);
-
Anderson (2007-yilda 26 million funtga “Portu”dan).







