Dunyoning eng keksa futbolchisi faoliyatidagi 38-mavsumni o‘tkazadi
56 yoshli Miura “Oliveyrense” bilan shartnomasini 2024-yilgacha uzaytirdi.

Dunyoning eng keksa futbolchisi 57 yoshgacha o‘ynashda davom etadi.
Portugaliya ikkinchi divizioni klubi 56 yoshli Kazuyoshi Miura bilan shartnomani 2024-yilning yoziga qadar uzaytirganini rasman elon qildi. Yaponiyalik yarim himoyachi fevral oyida “Oliveyrense”ga o‘tgandi .
Maʼlumot uchun, Kazuyoshi Miura professional futbol olamidagi eng keksa futbolchi hisoblanadi. Unga ko‘ra, 2023/24-yilgi mavsum uning sport faoliyatidagi 38-mavsumi bo‘ladi.







