"Tottenhem" Keynni olib qolish uchun jiddiy harakat qilyapti
Klub uning maoshini keskin ko'tarmoqchi.

"Tottenhem" Harri Keynni saqlab qolish uchun unga klubdagi obro'sini yanada oshirishi mumkin.
29 yoshli hujumchining transferiga "Bavariya" va "PSJ" klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining "shporlar" bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
"Tottenxem" rahbari Daniel Levi hujumchini sotmoqchi emas va uning uchun 120 million funt sterling narx belgilagan. Bundan tashqari, londonliklar rahbariyati Keyn bilan shartnomani uzaytirish niyatida.
Futbolchini yangi shartnoma imzolashga ko'ndirish uchun "Tottenhem" unga faoliyatini yakunlagandan so'ng klubdagi yangi lavozimini taklif qilishi mumkin. Harrining maoshi haftasiga 400 ming funt sterlingdan oshishi mumkin, ammo moliyaviy omillar uning qarorida asosiy omil bo'lmaydi deb yozadi "Daily Mail" nashri.
O'tgan mavsumda Keyn APLda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.







