Eng dolzarb

Janubiy Koreyadagi toshqin qurbonlari soni yana oshdi

Avvalroq, halok bo‘lganlar 37 nafarga yetgani eʼlon qilingandi.

Janubiy Koreyadagi toshqin qurbonlari soni yana oshdi

 

Janubiy Koreyada yomg‘ir oqibatida ko‘chki va suv toshqini qurbonlari soni 49 kishiga yetgani maʼlum qilindi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.

 

"Jabrlanganlar soni ortishi mumkin", — deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, ayni damda qutqaruvchilar o‘ndan ortiq avtomobilni suv ostida qolishi kutilayotgan yer osti tunnelini quritish bo‘yicha operatsiyani olib bormoqda.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, butun mamlakat bo‘ylab 10 570 kishi yomg‘ir tufayli evakuatsiya qilgan.

 

Yomg‘irlar, shuningdek, 628 ta davlat obyekti va 317 ta boshqa xususiy mulkka zarar yetkazgan. Jumladan, 146 ta yo‘l vayron bo‘lgan yoki o‘pirilib ketgan va 139 ta uy suv ostida qolgan.

 

Kuchli yomg‘irlar natijasida butun mamlakat bo‘ylab jami 28 607 xonadon elektr taʼminotidan mahrum bo‘ldi. Rasmiylar bugundan boshlab ushbu uy xo‘jaliklarining ko‘pchiligida elektr quvvati qayta ishlay boshlashini aytmoqdadi.

 

Avvalroq, qurbonlar soni 37 nafarga yetgani eʼlon qilingandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Janubiy Koreyadagi toshqin qurbonlari soni yana oshdi | Zamon.uz