Kibersport: O‘zbekiston terma jamoasi CS:GO bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
Ushbu g‘alaba evaziga sportchilarga 7 ming dollar mukofot puli beriladi.

Saudiya Arabistonida o‘tgan kibersportning Counter-Strike: Global Offensive (CS:GO) turi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Musobaqada O‘zbekiston sharafini TT.Team (Traffic Tashkent Team) jamoasi himoya qildi. Grand finalda o‘zbekistonlik kibersportchilar Mo‘g‘ulistonga qarshi bahs yuritdi va g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alaba jamoaga Jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etdi.
Ushbu g‘alaba evaziga o‘zbekistonlik kibersportchilar 7 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni Indoneziya jamoasi qo‘lga kiritdi.







