Mashhur sportchining navbatdagi “missiyasi” o‘lim bilan tugadi
U Gonkongdagi osmono‘par binodan qulab, vafot etdi.

Ko‘p qavatli binolarga chiqishi bilan tanilgan fransuz ekstremal sportchisi Remi Luchudi Gonkongdagi turar-joy binosining 68-qavatidan yiqilib halok bo‘ldi.
Politsiya maʼlumotlariga ko‘ra, Luchidi kechqurun Tregunter minorasiga yetib kelgan va qo‘riqchiga 40-qavatda yashovchi do‘sti bilan uchrashmoqchi ekanligini aytgan. Qo‘riqchi ko‘rsatilgan kvartiraga qo‘ng‘iroq qildi, ammo uning ijarachilari Luchidini tanimasliklarini aytishdi. Keyin erkak akrobatik usuldan foydalanishga qaror qildi.
Bino qo‘riqchilari va politsiyachilar tomga chiqishganida, lyuk ochiq edi, lekin erkak hech qayerdan topilmadi. Keyinroq erkakning jasadi yerdan topilgan. Voqea joyidan politsiya voqea sodir bo‘lgan jarayonni tasvirga olgan kamerani topdi.







