O'zbekiston

Tarixiy shaharlarga lyuks poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Transport vazirligida Italiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tarixiy shaharlarga lyuks poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

 

Transport vazirligida "Arsenale Group" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

 

Uchrashuvda transport sohasidagi hamkorlik masalalari hamda O'zbekistonning tarixiy shaharlarida lyuks sayyohlik poyezdini ishga tushirish bo'yicha takliflar muhokama qilindi. Kompaniya rahbariyati vagonlarni panoramali derazalar, hashamatli kabinalar va restoran vagonlari bilan jihozlashni rejalashtirayotganini ma'lum qilgan.

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda bunday poyezdlar qurilish jarayonida bo’lib, 2026-yilda bunday vagonlar BAA va Saudiya Arabistonida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

 

Italiya kompaniyasi lyuks vagonlarni Toshkent – Samarqand - Buxoro – Xiva – Toshkent yo'nalishi bo'yicha ishga tushirishni taklif qildi. Kompaniya vakillari vagonlar Italiyada ishlab chiqarilishi rejalashtirilganligini ta'kidladi. Sayyohlik poyezdi jami 33 ta kabina va umumiy sig'imi 66 yo'lovchiga mo'ljallangan yuqori qulaylikka ega 12 ta lyuks vagonlardan iborat bo'lishi rejalashtirilgan.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu masala bo'yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"