0

Milliy gvardiya xodimi tomonidan zo‘rlangan 13 yashar qiz ishi sudda ko‘riladi

Oila tahririyatga murojaat qilganidan so‘ng bu haqda barcha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan.

Milliy gvardiya xodimi tomonidan zo‘rlangan 13 yashar qiz ishi sudda ko‘riladi

 

Joriy yilning bahor faslida Toshkent viloyatida 13 yoshli qiz Milliy gvardiya xodimi tomonidan bir necha yil avval zo‘rlangani haqida xabar berilgandi.  Hozirda mazkur holat bo‘yicha ish sudga oshirildi. Bu haqda “Sukut saqlama” (Nemolchi.uz) loyihasi ma'lum qildi.

 

 

Xabarda aytilishicha, qizning nomusiga tekkan Sh.Sharipov u paytda tizimda faoliyat yuritmagan, keyinchalik esa Milliy gvardiyaga ishga kirgan.

 

“Ikki yil davomida ish sudgacha yetib bormagan. Jinoyat ishi daʼvo muddati o‘tib ketgani va dalillar yo‘qligi vaji bilan yopilardi. Ish Qibray tuman prokuraturasi, Harbiy prokuratura, Bosh prokuraturaga oshirildi. Senatorlar va Bolalar ombudsmaniga ham murojaat qilganmiz. Hammasi behuda”, degan qizning oilasi Nemolchi.uz loyihasiga.

 

Oila loyiha tahririyatiga murojaat qilganidan so‘ng bu haqda barcha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan. Shundan so‘ng yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Ish o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchi, Toshkent viloyati prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Qosimov Azamatga topshirilgan. Tergovchi doimo jabrlanuvchining oilasi bilan aloqada bo‘lgan, jinoyatchining aybini isbotlash uchun barcha guvohlarni chaqirgan va tergovga yordam berishi mumkin bo‘lgan mayda detallarni ham inobatga olgan.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, joriy yilning 29 iyul kuni tergov harakatlari yakunlanib, dastlabki sud majlislari o‘tkazilgan.

 

“Odil sudlovdan umid qilamizki, vaqt yo‘qotilganiga qaramay, jinoyatchi jazolanadi. Toki kelajakda bunday jinoyatlar takrorlanmasligi va sukut, qo‘rqitish va yollanma advokatlarning ko‘pligi niqobi ostida zo‘ravonlik jazosiz qolmaydi”, deyiladi xabarda.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"