Eng dolzarb

Maхachqalʼada portlash va yong‘in: 27 kishi halok bo‘ldi

70 ga yaqin odam jabrlangan. Ular orasida ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar ham borligi aytilmoqda.

Maхachqalʼada portlash va yong‘in: 27 kishi halok bo‘ldi

 

Rossiya tarkibiga kiruvchi Dog‘iston Respublikasi poytaxti Maxachqalʼada 15 avgustga o‘tar kechasi “Globus” savdo markazi yaqinidagi avtoservis binosida kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda shahar maʼmuriyati.

 

Shot Telegram kanaliga ko‘ra, portlashdan so‘ng yong‘in boshlangan va olov yonilg‘i quyish shoxobchasiga ham o‘tgan. Shu bilan birga, Dog‘iston rahbari Sergey Melikov portlash dastlab Maxachqalʼa chekkasidagi yonilg‘i quyish shoxobchalaridan birida sodir bo‘lgani haqida yozdi.

 

So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan, ulardan uch nafari bolalar. Baza Telegram kanali voqea oqibatida 50 dan ortiq kishi jarohatlanganini yozdi, Shot maʼlumotlarida yaradorlar 70 ga yaqin odam ekani aytildi.

 

Mash kanali xabariga ko‘ra, yonilg‘i quyish shoxobchasidan chiqqan yong‘in yaqin atrofdagi uylarga ham o‘tgan. Aholi zudlik bilan evakuatsiya qilingan.

 

Hozirgi vaqtga kelib yong‘in o‘chirilgan, Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea joyida hududni tozalash ishlarini olib bormoqda.

 

Mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga ko‘ra, jabrlanganlarning bir qismi keyin boshqa tibbiyot muassasalariga o‘tkazilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ahvoli o‘ta og‘ir bemorlarni Moskvaga olib borish uchun Maхachqalʼaga maxsus samolyot yubordi. 

 

Dog‘iston prokuraturasi hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan, portlash yuz bergan tumanda gaz taʼminoti uzib qo‘yilgan. Melikov portlashda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga tovon puli to‘lashga vaʼda berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Maхachqalʼada portlash va yong‘in: 27 kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz