Jahon

Insoniyat ko‘rinmas, katta muammo qarshisida

Isfloslangan havo aholi umrini qisqartirmoqda.

Insoniyat ko‘rinmas, katta muammo qarshisida

Havoning ifloslanishi dunyo aholisi salomatligi uchun chekish, spirtli ichimliklar, iflos suv va hatto to‘yib ovqatlanmaslikdan ko‘ra ko‘proq xavf tug‘diradi. Eʼlon qilingan yangi tadqiqot natijasiga ko‘ra, tamaki yoki alkogoldan ham xavfliroq bo‘lgan havo ifloslanishi dunyoning ayrim qismlarida, jumladan, Osiyo va Afrikada jiddiylashib borayotgan muammodir.

 

Chikago universiteti energetika siyosati instituti tomonidan tayyorlangan hisobotga ko‘ra, havodagi zaharli zarrachalar inson salomatligi uchun dunyodagi eng katta tashqi xavf bo‘lib qolmoqda. Shunga qaramay, havoning ifloslanishiga qarshi kurashga yo‘naltirilgan mablag‘lar ulushi, masalan, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashga ajratilgan mablag‘ning kichik bir qismini tashkil etadi.

 

Zaharli zarralar o‘rmon yong‘ini, sanoat faoliyati va transport vositalarining ishlashi natijasida hosil bo‘ladi. Ular kanserogenlar bo‘lib, o‘pka kasalliklari, yurak kasalliklari va insult xavfini oshiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, o‘pka saratonining 36 foizi,  34 foiz insult va 27 foiz yurak-qon tomir kasalliklari ushbu emissiya bilan bog‘liq.

 

2021 yilda to‘plangan maʼlumotlarga asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra, JSSTning mayda zarrachalar taʼsiri bo‘yicha chegarasiga erishish global hayot davomiyligini 2,3 yilga oshiradi.

 

“Yevropaning 98,4 foizi hali ham JSSTning 5 mkg/m3 bo‘lgan yangi tavsiyasiga javob bermaydi”, deyiladi hisobotda.

 

Umuman olganda, so‘nggi bir necha o‘n yilliklarda Yevropada havo sifati biroz yaxshilangan edi. Biroq bu saʼy-harakatlarning barchasi havo haroratining ko‘tarilishi, qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari sonining ortib borayotgani sababli tahdid ostida.

 

“Sharqiy yevropaliklar havoning ko‘proq ifloslangani tufayli g‘arbiy qo‘shnilariga qaraganda 7,2 oy kamroq yashaydilar”, - deydi tadqiqotchilar.

 

Shimoli Italiyadagi Po vodiysi kuchli ifloslangan hududga misol bo‘la oladi. Agar ifloslanish darajasi JSST standartlariga javob bersa, aholining umr ko‘rish davomiyligi 1,6 yilga oshishi mumkin.

 

Yevropaning eng ifloslangan mamlakati Bosniya va Gertsegovina bo‘lib qolmoqda, ifloslangan havo aholi umrini 1,8 yilga qisqartiradi. Atmosfera havosi ifloslanishining to‘rtdan uch qismi oltita davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Bangladesh, Hindiston, Pokiston, Xitoy, Nigeriya va Indoneziya eng ko‘p jabrlangan davlatlardir. Ularning aholisi nafas olayotgan havo tufayli bir yildan olti yilgacha umrini yo‘qotadi, deyiladi hisobotda.

 

Yangi Dehli dunyodagi eng ifloslangan metropoliten bo‘lib qolmoqda, havodagi yillik o‘rtacha zarrachalar 126,5 mkg/m3 ni tashkil qiladi. JSST havo sifatini 5 mkg/m3 dan past darajada saqlashni tavsiya qiladi.

 

Xitoy hukumati havo sifatini yaxshilash bo‘yicha faol ish boshlagan: 2013 yildan 2021 yilgacha ifloslanishning o‘rtacha darajasi 42,3 foizga kamaydi. Biroq Xitoyda ifloslanish darajasi hali ham JSST ko‘rsatmalaridan olti baravar yuqori.

 

Yevropada har yili 1200 dan ortiq bola ifloslangan havo tufayli vafot etadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, ko‘p mamlakatlarda havo ifloslanishiga qarshi kurashish uchun asosiy infratuzilma mavjud emas.

 

Osiyo davlatlarining 6,8 foizi, Afrika  hukumatlarning atigi 3,7 foizi o‘z fuqarolariga havo sifati haqida to‘liq maʼlumot beradi.

 

Global jamg‘arma OIV, sil va bezgak bilan kurashish uchun 3,7 milliard yevro sarflaydi, ammo havo ifloslanishiga qarshi kurash bo‘yicha bunday xalqaro loyiha yo‘q. Shu bilan birga, ekspertlar, masalan, Kongo Demokratik Respublikasi yoki Kamerun aholisi uchun havoning ifloslanishi OIV, bezgak yoki boshqa kasalliklardan ko‘ra ko‘proq halokatli ekanligini taʼkidlamoqda.

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.