Jahon

Eron futbolchilari uchun AQSh vizalari haligacha berilmayapti

Eron futbol federatsiyasi rahbari FIFA bilan viza masalasi yuzasidan hal qiluvchi muzokaralar o‘tkazilishini bildirgan.

Eron futbolchilari uchun AQSh vizalari haligacha berilmayapti

2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati boshlanishiga bir oydan kam vaqt qolganiga qaramay, Eron terma jamoasi futbolchilari uchun AQSh vizalari hali rasmiylashtirilmagan. Bu haqda Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.

 

IRNA davlat agentligi xabariga ko‘ra, federatsiya rahbari yaqin kunlarda FIFA bilan viza masalasi yuzasidan hal qiluvchi muzokaralar o‘tkazilishini bildirgan.

 

“Ertaga yoki indinga FIFA bilan hal qiluvchi uchrashuv o‘tkazamiz. Ular bizga kafolat berishi kerak, chunki viza masalasi hanuz hal bo‘lgani yo‘q”, — degan Mehdi Toj.

 

Uning aytishicha, hozirgacha Eron delegatsiyasining biror a’zosiga AQSh vizasi berilgani haqida rasmiy ma’lumot kelmagan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchilar viza olish jarayonining bir qismi sifatida Turkiya poytaxti Anqaraga borib, barmoq izi topshirishi kerak. Shu bilan birga, Eron futbol federatsiyasi ushbu jarayonni Antaliya shahrida tashkil etishga urinmoqda. Chunki AQSh va Eron 1980-yildan buyon diplomatik munosabatlarga ega emas.

 

Bundan tashqari, AQSh va Isroilning 28-fevral kuni Eronga qarshi boshlagan harbiy hujumlari ortidan mintaqadagi vaziyat yanada keskinlashgan edi. Hozirda tomonlar o‘rtasida 8-apreldan buyon "mo‘rt" sulh saqlanib qolmoqda.

 

Chorshanba kuni Tehronda Eron terma jamoasini Jahon chempionatiga kuzatish marosimi o‘tkazildi. AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan mundial davomida Eron jamoasi Arizona shtatining Tukson shahrida joylashadi.

 

 Eron terma jamoasi turnirdagi ilk uchrashuvini 15-iyun kuni Los-Anjelesda Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. G guruhi doirasida eronlik futbolchilar Belgiya va Misr terma jamoalariga qarshi ham maydonga tushadi.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.