Jahon

BAA Hormuzni aylanib o‘tuvchi neft quvurini ishga tushirmoqchi

Bu orqali Fujayra portidan neft eksport qilish quvvati ikki baravarga oshib, Hormuz bo‘g‘oziga qaramlik kamayadi.

BAA Hormuzni aylanib o‘tuvchi neft quvurini ishga tushirmoqchi

Birlashgan Arab Amirliklari Hormuz bo‘g‘oziga bog‘liqlikni kamaytirish maqsadida yangi neft quvuri qurilishini jadallashtirishga qaror qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Abu Dhabi Media Office ma’lumotiga ko‘ra, Abu-Dabi valiahdi shayx Xolid bin Muhammad bin Zoid ADNOC davlat neft kompaniyasiga West-East Pipeline loyihasini tezlashtirish bo‘yicha topshiriq bergan. Hozirda quvur qurilishi davom etmoqda va uni 2027-yilga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan.

 

Yangi loyiha orqali Fujayra portidan neft eksport qilish quvvati ikki baravarga oshiriladi. Bu esa BAAga neftni Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tkazmasdan, Ummon ko‘rfazi orqali jahon bozoriga chiqarish imkonini kengaytiradi.

 

Hozirda mamlakatdagi Hab–Fujairah (ADCOP) neft quvuri kuniga 1,8 million barrelgacha neft tashish quvvatiga ega. Mazkur quvur Fors ko‘rfazidagi keskin vaziyat sharoitida BAA uchun strategik ahamiyat kasb etmoqda.

 

 Fors ko‘rfazi davlatlari orasida faqat BAA va Saudiya Arabistoni Hormuz bo‘g‘ozini chetlab o‘tuvchi eksport yo‘nalishlariga ega.

 

Fevral oyi oxirida AQSH va Isroilning Eronga qarshi zarbalaridan keyin Tehron Hormuz bo‘g‘ozidagi harakatni amalda cheklagan. Odatda jahon neftining qariyb beshdan biri aynan shu yo‘lak orqali tashiladi.

 

So‘nggi oylarda mintaqadagi tankerlarga hujumlar va neft infratuzilmalariga zarbalar ham qayd etilgan. Shu fonda BAA eksport xavfsizligini ta’minlash uchun muqobil yo‘nalishlarni kuchaytirishga urinmoqda.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"