Jahon

Insoniyat yangi iqlim falokati xavfi ostida qolishi mumkin

“El Nino” iqlim siklining oziq-ovqat xavfsizligi, suv ta’minoti va jahon iqtisodiyotiga jiddiy tahdid solishi ehtimoli bor.

Insoniyat yangi iqlim falokati xavfi ostida qolishi mumkin

Olimlar XIX asrda o‘nlab millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan kuchli “El Nino” iqlim siklining yana takrorlanish ehtimolidan ogohlantirmoqda. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

 

 

“El Nino” — Tinch okeanining tropik sharqiy va markaziy qismida suv haroratining keskin isishi bilan bog‘liq iqlim hodisasi bo‘lib, u har bir necha yilda kuzatiladi. Mutaxassislar fikricha, bu yil okean harorati me’yordan 3 darajagacha yuqori bo‘lishi va yangi rekordlarni o‘rnatishi mumkin.

 

Nashr eslatishicha, 1877–1878-yillarda kuzatilgan eng kuchli “El Nino” Hindiston, Xitoy, Braziliya va boshqa davlatlarda global ocharchilikka sabab bo‘lgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘sha davrda 50 milliondan ortiq odam halok bo‘lgan. Bu o‘sha paytdagi dunyo aholisining taxminan 3–4 foiziga teng edi. Hozirda bu ko‘rsatkich 250 million kishiga to‘g‘ri keladi.

 

Olimlar shunga o‘xshash iqlim inqirozi hozir ham takrorlanishi mumkinligini istisno qilmayapti. Vashington davlat universiteti dotsenti Dipti Sinxning ta’kidlashicha, 1870-yillardagi kabi bir vaqtning o‘zida bir necha mintaqada ko‘p yillik qurg‘oqchiliklar kuzatilishi ehtimoli mavjud.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir atmosfera va okeanlar XIX asrdagidan ancha issiqroq bo‘lgani uchun ekstremal ob-havo hodisalari yanada kuchli kechishi mumkin.

 

Mutaxassislar “super El Nino” oziq-ovqat xavfsizligi, suv ta’minoti va jahon iqtisodiyotiga jiddiy tahdid solishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Ularning fikricha, bu global ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Insoniyat yangi iqlim falokati xavfi ostida qolishi mumkin | Zamon.uz