Jahon

WUF13: barqaror shaharlar va innovatsion urbanizatsiya modeli

2026-yil may oyida Boku shahri Butunjahon Shaharsozlik Forumining o‘n uchinchi sessiyasiga mezbonlik qiladi.

WUF13: barqaror shaharlar va innovatsion urbanizatsiya modeli

2026-yil may oyida Boku shahri global ahamiyatga ega yirik tadbir — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon Shaharsozlik Forumining o‘n uchinchi sessiyasi (WUF13)ga mezbonlik qiladi. Ushbu forum urbanizatsiya, shaharsozlik va barqaror rivojlanish sohasidagi dunyoning eng nufuzli platformalaridan biri hisoblanadi.

 

United Nations Human Settlements Programme (UN-Habitat) tomonidan tashkil etiladigan mazkur tadbir har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi va turli mamlakatlardan minglab ishtirokchilarni birlashtiradi. 2026-yilda forumning Bokuda o‘tkazilishi esa Ozarbayjonning xalqaro nufuzi ortib borayotgani va global tashabbuslarda faol ishtirok etayotganining yorqin namunasidir. Shuningdek, ushbu tadbir turkiy dunyoda ilk bor o‘tkazilayotgan shunday yirik xalqaro forum sifatida tarixga kiradi.

 

WUF13 doirasida asosiy e’tibor “Barcha uchun yashash joylari: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar” mavzusiga qaratiladi. Ushbu mavzu bugungi kunda tez sur’atlarda kuchayayotgan urbanizatsiya jarayonlari fonida ayniqsa dolzarbdir. Hozir dunyo bo‘ylab millionlab insonlar yetarli yashash sharoitiga ega emas, shaharlarda esa ijtimoiy tengsizlik, uy-joy tanqisligi va ekologik muammolar tobora keskinlashib bormoqda. Forum ana shunday muammolarga yechim topish, innovatsion yondashuvlarni ilgari surish va davlatlar o‘rtasida tajriba almashinuvini kuchaytirishni maqsad qiladi.

 

Bokuning ushbu nufuzli tadbirga mezbonlik qilishi bejiz emas. So‘nggi yillarda shahar jadal rivojlanib, zamonaviy infratuzilmaga ega metropolga aylanish bilan birga o‘zining tarixiy merosini ham asrab qolmoqda. Shaharda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari, transport tizimining takomillashtirilishi, “aqlli shahar” va “aqlli qishloq” konsepsiyalarining joriy etilishi Bokuni mintaqaning yetakchi urbanistik markazlaridan biriga aylantirdi. Shu jihatdan WUF13 Ozarbayjonning shaharsozlik sohasidagi yutuqlarini dunyoga namoyish etish uchun ham muhim platforma bo‘ladi.

 

Bu kontekstda alohida ta’kidlash kerak bo‘lgan muhim jihatlardan biri — Prezident Ilhom Aliyev tomonidan 2026-yilning Ozarbayjon Respublikasida “Shaharsozlik va Me’morchilik yili” deb e’lon qilinganidir. Ushbu qaror mamlakatda shaharsozlik va me’morchilik sohasiga berilayotgan yuksak e’tiborning ifodasidir hamda WUF13 kabi global tadbirni o‘tkazish bilan mantiqan uyg‘unlashadi.

 

Mazkur yil doirasida mamlakatda bir qator keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, yangi shaharsozlik rejalari ishlab chiqilishi, hududlarda infratuzilma loyihalarini jadallashtirish, zamonaviy turar joy majmualarini qurish va shahar muhitini yanada yaxshilash ishlari olib boriladi. Ayniqsa, ozod etilgan hududlarda amalga oshirilayotgan tiklash va qayta qurish ishlari ushbu siyosatning eng yorqin namunalaridan biridir. Ushbu hududlarda “aqlli shahar” va “yashil energiya” konsepsiyalarining qo‘llanilishi Ozarbayjonning innovatsion yondashuvini aks ettiradi.

 

Bundan tashqari, “Shaharsozlik va Me’morchilik yili” doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish ham ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, xalqaro forum va ko‘rgazmalar tashkil etish, tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish mamlakatning ushbu sohadagi salohiyatini yanada oshiradi. WUF13 esa ushbu jarayonning cho‘qqi nuqtasi sifatida Ozarbayjonni global shaharsozlik muhokamalarining markaziga aylantiradi.

 

Bokuda o‘tkaziladigan WUF13 nafaqat urbanizatsiya va barqaror rivojlanish sohasidagi global muloqot platformasi, balki Ozarbayjonning xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarini kengaytirish nuqtayi nazaridan ham muhim voqeadir. Shu kontekstda Ozarbayjon diasporasining xorijda olib borayotgan targ‘ibot faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan Ozarbayjon diaspora tashkilotlari ham WUF13 forumini xalqaro miqyosda tanitish yo‘nalishida faol rol o‘ynamoqda. Xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan diaspora tashkilotlari o‘tkazilayotgan konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar va jamoatchilik muhokamalarida Bokuning ushbu nufuzli forumga mezbonlik qilishining ahamiyatini ta’kidlamoqdalar.

 

Diasporaning faoliyati faqat targ‘ibot bilan cheklanib qolmay, balki xalqaro hamkorliklarning shakllanishiga ham hissa qo‘shadi. Xorijiy nodavlat tashkilotlari, tadqiqot institutlari va shaharsozlik bo‘yicha ixtisoslashgan muassasalar bilan aloqalar o‘rnatilishi forum doirasida yangi hamkorlik imkoniyatlarining yuzaga kelishiga zamin yaratadi. Shu nuqtayi nazardan diaspora tashkilotlari go‘yoki “ko‘prik” vazifasini bajarib, Ozarbayjon bilan xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlamoqda.

 

WUF13 turli manfaatdor tomonlarni birlashtirib, hamkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratadi: davlat va hukumat vakillari, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar, akademik va tadqiqot muassasalari, xususiy sektor, nodavlat tashkilotlari hamda yoshlar. Ushbu platforma orqali shaharlarning kelajagi bo‘yicha umumiy qarash shakllantiriladi va amaliy yechimlar muhokama qilinadi.

 

WUF13 doirasida xorijiy nodavlat tashkilotlar (NNT) tadbirning xalqaro jihatlarini yanada kuchaytiradi. Xorijiy NNTlarning ishtiroki Ozarbayjonning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaydi va forumning global miqyosdagi ahamiyatini oshiradi. Aytish joizki, Ozarbayjon Respublikasining Nodavlat Tashkilotlariga Davlat Ko‘magi Agentligi tomonidan 2026-yil uchun grant tanlovlarida WUF13 bilan bog‘liq xalqaro tashabbuslar ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Ozarbayjon NNTlari forumni tashkil etish va ishtirokchilarni jalb qilishda faol rol o‘ynaydi.

 

Allaqachon 11-maydan boshlab “Boku Urban Planning Week” boshlanib ketdi. Boku shahrining turli hududlarida bir qator tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Tadbir davlat organlari, shaharsozlik mutaxassislari, akademik doiralar, madaniyat vakillari va yoshlarni birlashtiradi. Hafta davomida konferensiyalar, panel muhokamalari, innovatsion dasturlar, tematik marshrutlar va san’at tadbirlari tashkil etiladi.

 

Ma’lum qilinishicha, loyihaning maqsadi global shaharsozlik muhokamalarini Bokuning noyob shahar muhiti bilan bog‘lash va jamoatchilik ishtirokini rag‘batlantirishdan iborat. Tadbirlar tarixiy maskanlar, madaniy meros namunalari va zamonaviy shaharsozlik yechimlari qo‘llanilgan hududlarni qamrab oladi. Ta’kidlash joizki, ushbu doirada mamlakatda turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 

Ozarbayjon NNTlarining ishtiroki mahalliy va xalqaro jamiyatlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarib, shaharlarning barqaror rivojlanishiga oid amaliy yechimlarning almashinishini ta’minlaydi. Xorijiy va mahalliy NNTlarning faol ishtiroki WUF13ni faqat hukumatlararo platforma bo‘lib qolishidan chiqarib, uni ko‘p darajali hamkorlik va bilim almashinuvi maydoniga aylantiradi. Bu esa turkiy dunyoda urbanizatsiya va shaharsozlik sohasida ilk bor bunday keng ko‘lamli tashabbusning amalga oshirilishini ta’minlaydi.

 

Forum doirasida o‘tkaziladigan panel muhokamalari, ko‘rgazmalar va davra suhbatlari shaharlarning barqaror rivojlanishi, ijtimoiy inklyuzivlik va urbanizatsiya sohasidagi innovatsion yondashuvlarni namoyish etish imkonini yaratadi. Xorijiy va mahalliy NNTlarning ishtiroki esa ushbu muhokamalarning ham amaliy, ham global darajadagi ahamiyatini yanada oshiradi.

 

Ilhom Aliyev 12-may kuni Butunjahon Shaharsozlik Forumining 13-sessiyasi (WUF13) bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Davlat Shaharsozlik va Arxitektura Qo‘mitasi raisi Anar Guliyev va WUF13 Ozarbayjon Operativ Kompaniyasining ijrochi direktori Adil Mammadov davlat rahbariga bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

 

Ta’kidlash joizki, tadbir o‘tkaziladigan hudud — Boku Olympic Stadium va uning atrofida formalaştirilgan umumiy operatsion zona 53 gektarni tashkil etadi. Shundan 43 gektari asosiy tadbir maydoni, 10 gektari esa asosiy transport terminali hamda avtoturargoh-transfer zonasi sifatida rejalashtirilgan. Ro‘yxatdan o‘tish, sessiyalar, ko‘rgazmalar, media, transport, texnik ta’minot, ko‘ngillilar va hudud xizmatlari yagona operatsion tizim sifatida tashkil etilgan.

 

Umuman olganda, 2026-yilda Bokuda o‘tkaziladigan WUF13 hamda shu yilning “Shaharsozlik va Me’morchilik yili” deb e’lon qilinishi bir-birini to‘ldiruvchi strategik tashabbuslardir. Ushbu voqealar Ozarbayjonning ham mintaqaviy, ham global miqyosda shaharsozlik va me’morchilik sohasidagi yetakchilik da’volarini kuchaytiradi. Boku esa bu jarayonda nafaqat mezbon shahar, balki zamonaviy urbanizatsiya modelining muvaffaqiyatli namunasi sifatida ham namoyon bo‘lmoqda.

 

 

 

 

 

 

custom img

Epshteynning o‘zbekistonlik "qurboni" ko‘rsatma berdi

18 yoshida O‘zbekistondan model sifatida AQShga olib ketilgan ayol Epshteyn uch yil davomida uni muntazam zo‘rlaganini ma’lum qildi.

custom img

Fransiyada ona va ikki farzandlari maktabga bostirib kirib, o‘quvchilarga hujum qildi

Ularning avtomobilidan bir nechta qurol, bir nechta pichoq va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ballonchasi topilgan.

custom img

Kim Chen In kimga yadro zarba bermoqchi?

O‘zining g‘alati qonunlari va o‘ta qattiqo‘l siyosati hamda avtaritar rejimi bilan tanilgan Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bu gal konstitutsiyaga jiddiy o‘zgartirish kiritdi.

custom img

AQSh Senati Eron bilan urushni to‘xtatish rezolyutsiyasini yana rad etdi

Hujjatni 49 nafar senator qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 50 nafari unga qarshi ovoz bergan.

custom img

Rossiyada 200 dan ortiq o‘zbekistonlikni noqonuniy qonuniylashtirgan guruh fosh etildi

Noqonuniy sxemaga 45 yoshli O‘zbekiston fuqarosi rahbarlik qilgan.

custom img

AQSh delegatsiyasi Pekinga shaxsiy telefonlarsiz bordi

Tramp ma’muriyati Xitoy safarida vaqtinchalik qurilmalardan foydalandi.

custom img

AQSH JCh muxlislari uchun viza garovi talabini bekor qildi

Buning uchun JCh chiptasiga ega muxlislar FIFA Pass tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

custom img

Yermak hibsga olindi: sud 3,19 mln dollarlik garov belgiladi

U Kiyev yaqinidagi elita uy-joy loyihasi orqali 10,5 mln dollarni “yuvish”da gumon qilinmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"