Jahon

Epshteynning o‘zbekistonlik "qurboni" ko‘rsatma berdi

18 yoshida O‘zbekistondan model sifatida AQShga olib ketilgan ayol Epshteyn uch yil davomida uni muntazam zo‘rlaganini ma’lum qildi.

Epshteynning o‘zbekistonlik "qurboni" ko‘rsatma berdi

AQSh Kongressida tashkil etilgan maxsus eshituvda Jeffri Epshteyn va uning sheriklari tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan ayollar ko‘rsatma berdi. Ular orasida o‘smirlik davrida O‘zbekistondan model sifatida yollangan Roza ismli ayol ham bor edi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Roza Vakillar palatasidagi demokratlar tomonidan Florida shtatining Vest Palm Bich shahrida tashkil etilgan norasmiy eshituvda omma oldida chiqish qildi. Demokrat kongressmen Robert Garsiyaning aytishicha, aynan shu hududda Epshteynning jinoyatlari ilk bor keng jamoatchilikka ma’lum bo‘la boshlagan. Eshituv Donald Trampning Mar-a-Lago qarorgohiga yaqin hududda o‘tkazilgani ham alohida ta’kidlandi.

 

Roza o‘z ko‘rsatmasida 2008 yilda, 18 yoshida Epshteynning sherigi va fransiyalik model agenti Jin-Lyuk Brunel (vafot etgan) bilan tanishganini aytdi. Unga xalqaro model karyerasi va’da qilingan.

 

“Moliyaviy jihatdan beqaror oiladan chiqqanim uchun men ideal nishon edim”, — dedi u Kongressdagi chiqishi vaqtida.

 

Uning aytishicha, 2009 yil may oyida viza bilan Nyu Yorkka kelgan va oradan ikki oy o‘tib Brunel uni Jeffri Epshteyn bilan tanishtirgan. O‘sha paytda Epshteyn voyaga yetmagan shaxsni fohishalikka jalb qilish aybi bilan sudlanganidan keyin Florida shtatida uy qamog‘ida edi.

 

Roza aynan shu holatga alohida urg‘u berib, Epshteyn sudlangan va rasman nazorat ostida bo‘lganiga qaramay, yangi qurbonlarni topishda davom etganini aytdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Epshteyn unga Florida ilm-fan jamg‘armasida ishlashni taklif qilgan. Bu fond Epshteynning 2008 yilgi hukmidan keyingi maxsus kelishuv asosida faoliyat yuritgan davriga to‘g‘ri keladi. O‘sha kelishuvga ko‘ra, Epshteyn qamoqda bo‘lishiga qaramay haftasiga olti kun, kuniga 16 soatgacha tashqariga chiqish huquqiga ega bo‘lgan.

 

Demokrat qonunchilar aynan shu plea deal — aybni tan olish evaziga yengilroq jazoni nazarda tutuvchi kelishuvni keskin tanqid qildi. Ularning fikricha, bu kelishuv Epshteynning amalda jazo tizimidan chetda qolishiga va yana yillar davomida zo‘ravonlik hamda odam savdosi bilan shug‘ullanishiga imkon yaratgan.

 

Roza Kongressga bergan ko‘rsatmasida uy qamog‘ida bo‘lgan Epshteyn tomonidan qanday zo‘ravonlikka uchraganini ham aytdi.

 

“Bir kuni uning massajchisi meni xonasiga chaqirdi va Jeffri tomonidan ilk bor jinsiy tajovuzga uchradim. Keyingi uch yil davomida muntazam zo‘rlashga duchor bo‘ldim”, — dedi u.

 

U Epshteynning sudlangan bo‘lishiga qaramay bemalol harakatlanayotgani va katta ta’sir doirasiga egaligini ko‘rib, adolatga erishish deyarli imkonsizdek tuyulganini bildirdi.

 

Demokrat qonunchilar eshituv davomida Epshteyn va uning sheriklari yillar davomida javobgarlikdan qochib yurgani, jabrlanuvchilar esa huquq tizimi tomonidan bir necha bor himoyasiz qoldirilgani haqida gapirdi.

 

Roza shuningdek, AQSh Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan Epstein fayllarida uning ismi tasodifan oshkor bo‘lib ketganini aytib, bu holat yana ruhiy zarba berganini bildirdi.

 

“Boy va qudratli odamlarning ismlari yopiq qolmoqda, ammo jabrlanuvchilarning ma’lumotlari oshkor bo‘lib ketdi”, — dedi u.

 

Uning aytishicha, hujjatlar e’lon qilinganidan keyin turli davlatlardan jurnalistlar va notanish odamlar u bilan bog‘lana boshlagan.

 

“Endi men doim ortimga qarab yashashga majburman. Bu xato hayotimga uzoq muddatda qanday ta’sir qilishini tasavvur ham qila olmayman”, — dedi Roza.

 

AQSh Adliya vazirligi esa jabrlanuvchilar shaxsini himoya qilish masalasiga jiddiy yondashishini bildirgan. Vazirlik ayrim hujjatlarda shaxslar ma’lumoti noto‘g‘ri tahrir sabab oshkor bo‘lib ketganini va bunga texnik yoki insoniy omillar sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.

 

Eshituvda Epshteyn qurbonlaridan yana biri — Mariya Farmer ham oldindan yozib olingan videomurojaat orqali qatnashdi. U Epshteyn haqida ilk bor 1996 yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berganini va rasmiylar yillar davomida yetarli choralar ko‘rmaganini aytdi.

 

“Hukumat haqiqatni ayta boshlashi kerak”, — dedi u.

 

Jeffri Epshteyn 2019 yil 10 avgust kuni Nyu Yorkdagi qamoqxonada jinsiy savdo ayblovlari bo‘yicha sud jarayonini kutayotgan paytda vafot etgan. U 2008 yilda voyaga yetmagan shaxsni fohishalikka jalb qilish aybi bilan sudlangan va jinsiy jinoyatchi sifatida ro‘yxatga olingan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Epshteynning o‘zbekistonlik "qurboni" ko‘rsatma berdi | Zamon.uz