Lionel Messi birinchi marta gol ura olmadi
U 90 daqiqani maydonda o‘tkazgan.

"Inter Mayami"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi ilk bor AQSH klubi safida rasmiy o‘yinda birinchi marta samarali harakat qilolmadi. Messi “Nashvill” klubiga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Argentinalik futbolchi 90 daqiqani maydonda o‘tkazdi.
Ayni damda "Inter Mayami" 22 ochko bilan Sharqiy konferensiya turnir jadvalida 27-o‘rinda bormoqda. “Nashvill” esa o‘z navbatida 39 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.
Keyingi turda "Inter Mayami" “Los-Anjeles” bilan to‘qnash keladi. O‘yin 4 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.







