0

Reysingiz bekor bo‘lganda qanday huquqingiz paydo bo‘lishini bilasizmi?

Xalqaro qoidalarga ko‘ra, reysingiz bekor qilinsa, sizga uchta tanlov huquqi berilishi kerak.

Reysingiz bekor bo‘lganda qanday huquqingiz paydo bo‘lishini bilasizmi?

Britaniya ayeroportlari havo kemalarini boshqarish bilan bog‘liq texnik nosozliklar tufayli falajlanib qoldi. Bundan esa minglab yo‘lovchilar jabrlandi. Buyuk Britaniya havo harakati milliy xizmati texnik nosozlik sabablari aniqlanganini bildirib, noqulaylik uchun uzr so‘radi. Ammo uzr bilan chippakka chiqqan rejalar, parvozni kutib o‘tkazilgan vaqt va asablarni qaytarib bo‘lmaydi.

 

Xo‘sh, reysingiz bekor qilingani yoki kechiktirilganida siz qanday huquqlarga ega ekaningizni bilasizmi?

 

Xalqaro qoidalarga ko‘ra, reysingiz bekor qilinsa, sizga uchta tanlov huquqi berilishi kerak.

1. Pul qaytarilishi.

2. Yo‘nalish o‘zgartirilishi.

3. Parvoz kuni o‘zgartirilishi.

 

Aviakompaniya sizni manzilga tezroq yetkazish chorasini ko‘rishi kerak, buning uchun boshqa kompaniya xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri kelsa ham. Agar eng yaqin muddat va sharoitda sizni manzilga yetkazishning imkoni bo‘lmasa, chipta puli qaytarilishi kerak. Agar aviakompaniya chiptani qayta rasmiylashtirish imkonini bermagan bo‘lsa va siz boshqa chipta sotib olishga ulgurgan bo‘lsangiz, chiptalar narxi o‘rtasidagi farq qaytarilishi kerak. Shuningdek, samolyot parvozni amalga oshirgan, ammo aeroportga qaytishga majbur bo‘lgan hollarda ham yuqoridagi huquqlar saqlanib qoladi. Ammo yo‘nalish o‘zgarishi parvoz bekor bo‘lganini emas, balki qoldirilganini bildiradi. Bunday holda siz parvoz uchun boshqa kunni tanlasangid bo‘ladi. Aviakompaniya esa sizga xarajatlarni naqd pul yoki vaucher ko‘rinishida ko‘tarish majburiyatini oladi.

 

Reys qoldirilganda nima qilsam bo‘ladi?

 

Yo‘lovchi huquqlari reys qancha muddatga qoldirilgani va parvoz davomiyligiga ko‘ra farq qiladi. Agar parvoz 2 soatdan ko‘proq vaqtga surilsa, yordam olishingiz, bu muddat 5 soatdan oshsa, kompensatsiya olishingiz mumkin. Aviakompaniya yo‘lovchini ichimlik, ovqat, joy va agar zarurat bo‘lsa, tunash uchun joyga borishga transfer bilan taʼminlashga majbur. Shuningdek, siz tekin telefon qo‘ng‘iroqlari, faks va elektron pochtadan foydalanishingiz mumkin. Faqat barcha xarajatlar uchun chek saqlangan bo‘lishi kerak. Ammo agar aviakompaniya  reys bekor bo‘lishi yoki surilishida aybdor bo‘lmasa, kompensatsiya olish ehtimoli pasayadi. Masalan, ekstremal havo sharoiti, ish tashlashlar va boshqa favqulotda vaziyatlarda klmpensatsiya to‘lanmaydi. Ammo aviakompaniya aybi bilan reys rejalashtirilganidan 14 kungacha bo‘lgan muddatda bekor qilinsa, kompensatsiya to‘lanishi kerak. 1500 kmgacha bo‘lgan masofada bir yo‘lovchi 250 yevro, 1500dan 3500 kmgachs bo‘lgan masofada esa 400 yevroni tashkil qiladi. Masofasi 3500 kmdan uzunroq parvozlar bekor qilinishidan esa 600 yevro kompensatsiyaga ega bo‘lish mumkin. Parvozdan avval aviakompaniya qoidalari bilan tanishib chiqing, bu o‘z huquqlaringizni himoya qilishda yordam beradi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Reysingiz bekor bo‘lganda qanday huquqingiz paydo bo‘lishini bilasizmi?