“Barselona” Xavi bilan shartnomani uzaytirdi
Murabbiy bilan yana uch yillik kelishuvga erishilgan.

“Barselona” jamoa bosh murabbiyi Xavi bilan yangi shartnoma borasida kelishib oldi.
"Marca" nashrining xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2026-yilgacha amal qiladi.
42 yoshli Xavi 1995-yildan 2015-yilgacha “Barselona” futbolchisi bo‘lgan. 2021-yilning noyabrida Xavi “Barselona” bosh murabbiyi etib tayinlangandi va jamoa bilan 2024-yilning yoziga qadar shartnoma imzolagandi. Avvalroq Xavi Qatarning “Al-Sadd” klubini boshqargan va u yerda futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. O‘tgan mavsumda “Barselona” uning qo‘li ostida Ispaniya chempioni bo‘ldi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi.







