O'zbekiston

Germaniya sudi Alisher Usmonov bilan bog‘liq ishni noqonuniy deb topdi

Sud instansiyasiga ko‘ra, tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror asoslar mavjud bo‘lmagan holda qabul qilingan.

Germaniya sudi Alisher Usmonov bilan bog‘liq ishni noqonuniy deb topdi

Frankfurt-Mayn sudi Germaniyada tadbirkor Alisher Usmonovning manfaatlarini himoya qiluvchi Myunxen advokatlik ofisida o‘tkazilgan tintuvni noqonuniy deb topdi. Bu haqda sud qaroriga tayanib, Die Zeit gazetasi xabar berdi.

Sud instansiyasiga ko‘ra, tintuv o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror asoslar mavjud bo‘lmagan holda qabul qilingan. 

Maʼlumot uchun: 2022 yil kuzida Frankfurt-Mayn prokuraturasi jinoiy ish qo‘zg‘atgan, so‘ngra fevral oyida Usmonov manfaatlarini himoya qilgan Myunxendagi advokatlik ofisida tintuv o‘tkazgandi. Ular tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda gumon qilingan. Tergovchilar fikricha, advokatlar olgan 100 ming yevro avans to‘lovi Usmonov tomonidan Yevropadagi shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatilishi mumkin edi, bu esa qo‘llangan sanksiyalarni buzadi. 

May oyida Frankfurt-Mayn sudi shahar prokuraturasi ruxsati bilan Usmonovning ko‘chmas mulklarida o‘tkazilgan tintuvlarni noqonuniy harakat deb topdi. 

custom img

“Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi” — Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoshli qizcha zo‘rlangani haqida

Bunday jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqilayotgani bildirildi.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali fermerdan 99 mln undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligining 25 ta ijro hujjati bo‘yicha soliq qarzi mavjud bo‘lgan.

custom img

Qoraqalpog‘istondagi reydda 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ularning 2,6 mlrd so‘mlik jarimalari mavjud.

custom img

Jizzaxda kredit qarzi sabab noturar bino xatlandi

Endilikda keyingi ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"