Jinoyat

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda Telegram orqali zararli APK fayllar tarqatib, fuqarolarning bankdagi mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi. Bu haqda IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Dastlabki tergovga ko‘ra, jinoyat sxemasini Samarqand viloyatida yashovchi 20 yoshga to‘lmagan yigit va uning turli hududlardagi sheriklari tashkil qilgan.

 

Guruh a’zolari Telegram’dagi yashirin boshqariladigan akkauntlar orqali fuqarolarning telefonlariga zararli APK fayllarni yuborgan. Dastur qurilmaga o‘rnatilgach, foydalanuvchilarning bank ma’lumotlari hamda pul o‘tkazmalarini tasdiqlash uchun keladigan SMS-kodlar jinoyatchilar nazoratiga o‘tgan.

 

Shundan so‘ng o‘g‘irlangan mablag‘lar begona shaxslar nomiga ochilgan tranzit bank kartalari va soxta akkauntlarga o‘tkazib yuborilgan.

 

Gumonlanuvchilar qo‘lga olinganida o‘nlab bank kartalari, SIM-kartalar va maxsus mobil qurilmalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

 

Qayd etilishicha, mazkur sxemadan respublika bo‘ylab 60 nafardan ortiq fuqaro zarar ko‘rgan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi uchinchi qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda guruhga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash, ularni javobgarlikka tortish hamda jabrlanganlarning huquqlarini tiklash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.