Saudiya Madriddan futbolchi sotib oldi
U bilan uch yillik shartnoma imzolangan.

Belgiyalik 30 yoshli yarim himoyachi Yannik Ferreyra Karrasko Madridning “Atletiko” klubidan Saudiya Arabistonining “Al-Shabab” klubiga o‘tdi. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida xabar berildi.
Belgiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Transferning taxminiy summasi 15 million yevroni tashkil qiladi.
O‘tgan mavsumda futbolchi Ispaniya chempionatida "Atletiko Madrid" safida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, belgiyalik futbolchining narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.







