Ikardi dunyodagi eng qimmat mashinani sotib oldi
Bu rusumdagi mashina atigi uch dona ishlab chiqarilgan.

“Galatasaroy”ning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi dunyodagi eng qimmat mashinani sotib oldi. Bu haqda “L‘Equipe” nashri xabar tarqatdi.
Tajribali hujumchi xarid qilgan “Rolls-Roys” 26 million yevro turadi. Bu rusumdagi mashina atigi uch dona ishlab chiqarilgan.
Ulardan biri dur ishlab chiqarish bo‘yicha ishlaydigan milliarderga tegishli. Ikkinchi mashinani esa, taniqli sanʼatkorlar Jay-Z va Beyonce xarid qilgan. Nihoyat, uchinchisi Mauro Ikardiga tegdi.







