Salohga yana katta taklif yuborildi
Unga har mavsum uchun 80 million yevro maosh berishmoqchi.

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohning kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi misrlik yulduz uchun rekord summa – 233 million yevro taklif qilgan.
Liverpulliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp to‘purar hujumchi jamoada qolishi kerakligini taʼkidlamoqda. Shunga qaramay, arablar Salohni baribir olib ketmoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, “Al-Ittihod” Saudiya Arabistonida transfer oynasi yopiladigan kunga qadar Muhammad saloh transferi masalasida angliyaliklarga yana bir bor murojaat qiladigan bo‘ldi.
Agar bu transfer amalga oshsa, saudiyalikar 31 yoshli hujumchi bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolaydi va har mavsum uchun 80 million yevro atrofida maosh to‘laydi.








