Sport

"15 yillik raqobat tugadi"

Ronaldu Messi bilan qanday munosabatda ekanligini maʼlum qildi.

"15 yillik raqobat tugadi"

 

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi bilan munosabatlari haqida gapirdi.

 

"Kim Messini sevsa Ronalduni yomon ko‘radi va kim Ronalduni sevsa Messini yomon ko‘radi. Bizning oramizda nafrat bormi? Men buni ko‘rmayapman, 15 yillik raqobat tugadi. Bu yaxshi bo‘ldi, tomoshabinlarga yoqdi. Endi sizga Krishtianu Ronaldu yoqsa, Messidan nafratlanishingiz shart emas. Ikkalamizning ham munosabatimiz juda yaxshi va futbol tarixini o‘zgartirdik. Bizni butun dunyo hurmat qiladi, bu eng muhimi. U o‘z yo‘lidan ketdi, men ham o‘z yo‘limdaman. Biz 15 yil davomida futbol sahnasida raqobatlashib keldik. Biz hamkasbmiz va bir-birimizni hurmat qilamiz", - dedi Ronaldu.

 

Avvalroq Ronaldu 20 yil ichida birinchi marta "Oltin to‘p"ga daʼvogarlar ro‘yxatiga kiritilmagani xabar qilingandi. Messi esa o‘z navbatida ushbu ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

"15 yillik raqobat tugadi" | Zamon.uz