Shumaxerning do‘sti uning ahvoli og'ir ekanini aytdi
Jahon chempioni 10 yildan beri davolanmoqda.

Mixael Shumaxerning do‘sti Rojer Benoist haydovchining sog‘lig‘i haqida gapirdi va umid yo'qligini aytdi.
Yetti karra jahon chempioni 2013-yilda Fransiya Alp tog‘larida chang‘i uchayotganda boshidan og‘ir jarohat olgan edi. O'shandan beri u omma oldida ko'rinmadi va uning salomatligi haqidagi ma'lumotlar ommaviy axborot vositalarida juda kam uchraydi.
Uning o‘g‘li Mik 2022-yilda o‘zining intervyularidan birida "Dadam bilan gaplashish uchun hamma narsaga tayyor edim”, — deb aytgandi. Bu jumla otasining ahvoli yomon ekanini anglatadi.
2023-yilda nemis nashri Mixael Shumaxerning o‘zi bilan intervyuni chop etdi. Ammo matn sun'iy intellekt tomonidan yaratilgani va nashrning o'zi yaqinlar bilan kelishilmagani tezda ma'lum bo'ldi. Shundan so‘ng jurnal bosh muharriri o‘z lavozimidan ozod etilgan.







