O'zbekiston

Liviyada toshqin qurbonlari soni 5 mingdan oshdi

9 ming kishi bedarak yo'qolgan.

Liviyada toshqin qurbonlari soni 5 mingdan oshdi

 

Liviya sharqidagi Derna shahrida suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 5,3 ming kishidan oshdi. Bu haqda Liviya hukumati ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 9 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan. Hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni “Daniel” sikloni tufayli yuzaga kelgan kuchli yomg‘ir mamlakat sharqidagi bir qator shahar va aholi punktlarida toshqinlarga sabab bo‘lgan. Shundan so’ng mintaqada aeroportlar va dengiz portlari yopildi. Suv toshqinidan jabr ko‘rgan shaharlarda komendantlik soati joriy etildi.